Siyosat

O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyalari o‘rtasida kengaytirilgan muzokaralar o‘tkazildi

Toshkent va Ashxobod o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar qayta tiklanadi.

O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyalari o‘rtasida kengaytirilgan muzokaralar o‘tkazildi

 

17-noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirok etdi. Prezidentimiz Turkmaniston Prezidentining davlat tashrifini ikki xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarining mustahkamligidan dalolat beruvchi muhim voqea sifatida baholadi.

 

Tomonlar O‘zbekiston – Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, shuningdek savdo, transport, energetika, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarda amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berdi. Shu bilan birga, o‘zaro savdo hajmi so‘nggi yillarda ikki baravarga oshib, 1 milliard dollardan oshganligi qayd etildi va mahsulot turini kengaytirish orqali bu ko‘rsatkichni 2 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari ta’kidlandi.

 

“Shovot-Toshhovuz” chegaraoldi savdo zonasining ishga tushirilishi tovar ayirboshlashni ko‘paytirishga xizmat qilishi va bu tajribani “Olot-Farab” hududida ham tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishilgani qayd etildi. Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish doirasida qurilish materiallari, farmatsevtika, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa talab yuqori bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga biznesni jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.

 

Energetika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, istiqbolli konlarni birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilmoqda. Transport sohasida yuk tashish hajmi oshib borayotgani, bojxona-logistika tartiblari soddalashtirilgani, Turkmanboshi portini rivojlantirish va poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklashga kelishilgan.

 

Erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida yil oxirigacha Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlari o‘tkaziladi. Tomonlar gumanitar soha va madaniy almashinuvlarni rivojlantirishni davom ettirish, Urganch va Toshkentda Turkmaniston madaniyati kunlari hamda turkman filmlari namoyishlarini amalga oshirish, konsertlar va teatr ijodiy safarlarini muntazam o‘tkazish, Xivada Yoshlar forumini tashkil etish va birgalikda filmlar ishlab chiqarish amaliyotini davom ettirishga kelishib oldilar.

 

Sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohalaridagi hamkorlik ham faollashadi. Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha keng qamrovli “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish va mas’ullarga topshiriq berishlarini ma’lum qildilar.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.