Siyosat

Zelenskiy va Makron mudofaa tizimini mustahkamlash bo‘yicha deklaratsiya imzoladi

Fransiya Ukrainaga 100 ta qiruvchi samolyot, dronlar va raketalar yetkazib beradi.

Zelenskiy va Makron mudofaa tizimini mustahkamlash bo‘yicha deklaratsiya imzoladi

Ukrai­na Prezidenti Volodimir Zelenskiy va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Parijda mudofaa sohasida “tarixiy” deklaratsiyani imzoladi. Bu kelishuv Ukrainaga Fransiyadan 100 taga yaqin Rafale qiruvchi samolyotlar, SAMP/T havo mudofaa tizimlari, dronlar va raketalar yetkazib berishni nazarda tutadi.

 

Zelenskiy va Makron uchrashuvi Villakublay harbiy bazasida o‘tkazilib, tomonlar Ukraina havo mudofaasini sezilarli darajada mustahkamlash va aviatsiya salohiyatini oshirish bo‘yicha kelajakdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.

 

Ushbu dastur doirasida Zelenskiy va Makron dron texnologiyalari va uchuvchilar tayyorlash bo‘yicha ham strategik kelishuvlarni muhokama qilishadi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Zelenskiy va Makron mudofaa tizimini mustahkamlash bo‘yicha deklaratsiya imzoladi | Zamon.uz