Siyosat

Qozog‘iston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik xatini yo‘lladi

Xatda 14–16-noyabr kunlari amalga oshirilgan davlat tashrifi davomida Qozog‘iston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan iliq mehmondo‘stlik va samimiy kutib olish uchun minnatdorlik bildirilib, tashrifning tarixiy ahamiyati ta’kidlangan.

Qozog‘iston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik xatini yo‘lladi

 

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik xati yo‘lladi. Unda To‘qayev joriy yilning 14-16 noyabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida Qozog‘iston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan iliq mehmondo‘stlik uchun o‘z minnatdorligini bildirgan. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

 

Xatda mazkur tashrifning tarixiy ahamiyati qayd etilgan bo‘lib, u Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqdoshlikni mustahkamlashga kuchli turtki bergani taʼkidlangan.

 

Qozog‘iston Prezidenti Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvi tashkil etilishini ham yuqori baholagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa hamkorligining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha mazmunli muhokamalar, qabul qilingan muhim qarorlar va hujjatlar, shuningdek, Ozarbayjonning to‘lahuquqli ishtirokchi sifatida qo‘shilishi forumga strategik ahamiyatga ega voqea maqomini bergan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbari Yermek Kosherbayevni qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport, energetika hamda gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoʻydi.

custom img

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Buxorodagi zamonaviy to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi

“Shoyigul” brendi ostidagi tikuv-trikotaj mahsulotlari asosan Italiya, Avstriya, Buyuk Britaniya va Germaniya bozorlariga eksport qilinmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon birgalikda konsert tomosha qildilar

Qoʻshma chiqishlar Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi madaniy anglashuv va maʼnaviy yaqinlik ramzi boʻldi.

custom img

Toshkentda Tojikiston elchixonasining yangi binosi ochildi

Yangi binoda elchixona, konsullik bo‘limi va diplomatlar uchun turar-joylar mavjud.

custom img

Oʻzbekiston va Tojikiston muzokaralari yakunida qator muhim bitimlar imzolandi

Tomonlar tovar ayirboshlashni oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda investitsiya hamkorligini kengaytirishga kelishib oldi.

custom img

Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlari yangi kooperatsiya loyihalarini ishga tushirdi

Davlatlar oʻrtasida yangi ishlab chiqarish loyihalari boshlandi, shuningdek, Yangi Toshkentdagi ko‘chaga Dushanbe nomi berildi.

custom img

Donald Trampdan Shavkat Mirziyoyevga maktub keldi

Tramp Mirziyoyevni Tinchlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga hamda G20 sammitiga taklif etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"