Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi energetika vazirini qabul qildi

Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash 17 foizga oshib, yuk tashish hajmi ortib bormoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi energetika vazirini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi energetika vaziri Taalaybek Ibrayevni qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon Oʻzbekiston rahbariga Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomini yetkazdi.

 

Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini, shu jumladan, energetika sohasida yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

 

Ikki tomonlama munosabatlar yuqori surʼatda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash 17 foizga oshib, yuk tashish hajmi ortib bormoqda. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

 

Energetika sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda va tranzit qilinmoqda, “yashil” energetikada istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda.

 

Oʻzbekiston yetakchisi suv energetikasi sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, mintaqaviy ahamiyatga molik qoʻshma loyihalarni, eng avvalo, “Qambar-ota GES-1”ni qurish loyihasini samarali ilgari surish muhim ekanini taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi energetika vazirini qabul qildi | Zamon.uz