Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Imperatori bilan uchrashdi

Bugungi kunga qadar 3 mingdan ortiq oʻzbekistonlik mutaxassislar Yaponiyada amaliyot oʻtadi, 440 nafardan ziyodi esa stipendiya asosida oliy maʼlumotga ega boʻldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Imperatori bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifini 19-dekabr kuni Imperator Naruxito bilan uchrashuvdan boshladi.

 

Yaponiya Imperatori davlat rahbarini samimiy qutlar ekan, Oʻzbekiston Prezidentining bu galgi tashrifi Oʻzbekiston – Yaponiya doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yoʻlidagi muhim voqea ekanini taʼkidladi.

 

Shavkat Mirziyoyev Imperator Naruxitoga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, Yangi Oʻzbekistondagi ortga qaytmas islohotlarni izchil qoʻllab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik izhor etdi.

 

Oʻzbek va yapon xalqlari geografik jihatdan bir-biridan olis boʻlishiga qaramay, ularni mentalitetlar, urf-odatlar va oilaviy qadriyatlar oʻxshashligi, shuningdek, ildizlari Buyuk Ipak yoʻli davriga borib taqaladigan koʻp asrlik tarixiy aloqalar bogʻlab turgani taʼkidlandi.

 

Ikki tomonlama hamkorlik, ayniqsa, taʼlim va kadrlar tayyorlash hamda madaniy-gumanitar almashinuvlar sohasida izchil kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugungi kunga qadar 3 mingdan ortiq oʻzbekistonlik mutaxassislar Yaponiyada amaliyot oʻtadi, 440 nafardan ziyodi esa stipendiya asosida oliy maʼlumotga ega boʻldi. Oʻzbekistondagi 7 ta universitetda yapon tili oʻqitilmoqda.

 

Joriy tashrif doirasida Tokioda Oʻzbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Kelgusi yili Yaponiyaning bir nechta shaharlarida Oʻzbekiston madaniyati va tarixiga bagʻishlangan arxeologik koʻrgazma tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Uchrashuv yakunida davlatimizOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifini 19-dekabr kuni Imperator Naruxito bilan uchrashuvdan boshladi.

 

Yaponiya Imperatori davlatimiz rahbarini samimiy qutlar ekan, Oʻzbekiston Prezidentining bu galgi tashrifi Oʻzbekiston – Yaponiya doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yoʻlidagi muhim voqea ekanini taʼkidladi.

 

Mamlakatimiz yetakchisi Imperator Naruxitoga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, Yangi Oʻzbekistondagi ortga qaytmas islohotlarni izchil qoʻllab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik izhor etdi.

 

Oʻzbek va yapon xalqlari geografik jihatdan bir-biridan olis boʻlishiga qaramay, ularni mentalitetlar, urf-odatlar va oilaviy qadriyatlar oʻxshashligi, shuningdek, ildizlari Buyuk Ipak yoʻli davriga borib taqaladigan koʻp asrlik tarixiy aloqalar bogʻlab turgani taʼkidlandi.

 

Ikki tomonlama hamkorlik, ayniqsa, taʼlim va kadrlar tayyorlash hamda madaniy-gumanitar almashinuvlar sohasida izchil kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugungi kunga qadar 3 mingdan ortiq oʻzbekistonlik mutaxassislar Yaponiyada amaliyot oʻtadi, 440 nafardan ziyodi esa stipendiya asosida oliy maʼlumotga ega boʻldi. Oʻzbekistondagi 7 ta universitetda yapon tili oʻqitilmoqda.

 

Joriy tashrif doirasida Tokioda Oʻzbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Kelgusi yili Yaponiyaning bir nechta shaharlarida Oʻzbekiston madaniyati va tarixiga bagʻishlangan arxeologik koʻrgazma tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Uchrashuv yakunida davlat rahbari Imperator Naruxitoga Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif qildi. rahbari Imperator Naruxitoga Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif qildi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Imperatori bilan uchrashdi | Zamon.uz