Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya ishbilarmonlari bilan uchrashuv oʻtkazdi

Oxirgi sakkiz yilda tovar ayirboshlash 2 baravar, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yapon kompaniyalarining soni esa 10 karra oshdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya ishbilarmonlari bilan uchrashuv oʻtkazdi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturiga muvofiq, ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari, moliya institutlari va biznes uyushmalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Tadbirda Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Ryosey Akazava, “Sojitz”, “Sumitomo”, “Toyota”, “ITOCHU”, “Mitsubishi”, “Marubeni”, “Daito Trust Construction”, “NEC”, “SBI Holdings”, “Ajinomoto”, “Japan Tobacco”, “Hitachi”, “Mitsui”, “Balcom”, “NEC”, “Eurus Energy”, “Chubu Electric Power”, “Shikoku Electric”, “Shimizu”, “Hankyu Travel International”, Yaponiya metall va energetika sohasida xavfsizlik tashkiloti (JOGMEC), Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC), Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Yaponiya eksport va investitsiyalarni sugʻurtalash kompaniyasi (NEXI), Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO), Yaponiya MDH mamlakatlari bilan savdo boʻyicha assotsiatsiyasi (ROTOBO), “Norinchukin” va “SBI Shinsei” banklari, Yaponiya sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi kabi yirik korporatsiyalar va moliya institutlarining top-menejerlari ishtirok etdi.

Davlat rahbari uchrashuv ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, yapon ishbilarmonlarining bunday nufuzli tarkibi tomonlarning bir-biriga boʻlgan yuksak ishonchi va iqtisodiy sheriklikni yanada rivojlantirishga doimiy qiziqishidan dalolat ekanini bildirdi.

Taʼkidlash joiz, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi mazmun kasb etdi.

Yaponiya kompaniyalari ilgari asosan pudrat loyihalarida ishtirok etgan boʻlsa, bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotiga faol investitsiya kiritib, qoʻshma korxonalar yaratmoqda, boshqaruv, texnologiyalar transferi va milliy kadrlarni tayyorlashga oʻz hissasini qoʻshmoqda.

Sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilgan mazkur oʻzgarishlar natijasida Yaponiya Oʻzbekistonning asosiy iqtisodiy va texnologik sheriklaridan biriga aylandi.

Savdo-iqtisodiy koʻrsatkichlarda ham ijobiy surʼat kuzatilmoqda: oxirgi sakkiz yilda tovar ayirboshlash 2 baravar, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yapon kompaniyalarining soni esa 10 karra oshdi.

Energetika, sogʻliqni saqlash, geologiya, axborot texnologiyalari, infratuzilma va boshqa ustuvor sohalarda mustahkam kooperatsiya oʻrnatildi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy yoʻnalishlariga toʻxtalib oʻtdi.

Qayd etilganidek, soʻnggi 8 yil ichida Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti 2 baravarga oshdi. 2030-yilga qadar mamlakatni oʻrta darajadan yuqori daromadli davlatlar qatoriga kiritish vazifasi qoʻyilgan.

Davlat rahbari Yaponiya ishbilarmonlarini sanoatlashuvni tezlashtirish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish jarayonlarida faol ishtirok etishga taklif qildi.

Shu maʼnoda, Yaponiya ishbilarmon doiralari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi.

Energetik barqarorlikni taʼminlash va “yashil iqtisodiyot”ga oʻtish, xususan, qayta tiklanadigan energiya manbalari va zaxiralash tizimlarini rivojlantirish, iqtisodiyotda “uglerod izi”ni kamaytirish shular jumlasidan.

Qoʻshilgan qiymatning toʻliq zanjirini shakllantirgan holda oʻta muhim minerallarni chuqur qayta ishlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, mashinasozlik va sanoat uskunalarini rivojlantirish, zamonaviy yuqori texnologiyali sanoatlashgan iqtisodiyotni shakllantirish istiqbolli yoʻnalishlar qatorida qayd etildi.

Axborot texnologiyalarini rivojlantirish, jumladan, sunʼiy intellekt va raqamlashtirish dasturlarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Yana bir muhim yoʻnalish ­– zamonaviy maxsus iqtisodiy zonalarni yaratib, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish orqali ularni yuqori texnologiyali va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish hamda sanoat kooperatsiyasi markazlariga aylantirish.

Misol uchun, JICA koʻmagida Yaponiya modeli va standartlari asosida maxsus iqtisodiy zona barpo etish loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev soʻzining yakunida Oʻzbekiston Yaponiyani nafaqat investor, balki kelajak sanoatini barpo etishda oʻzining strategik hamkori sifatida bilishini taʼkidladi.

Oʻz navbatida, Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillari Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirishga qatʼiy intilishini bildirdi hamda ustuvor yoʻnalishlardagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish borasidagi rejalarini bayon etdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya ishbilarmonlari bilan uchrashuv oʻtkazdi | Zamon.uz