Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Vakillar palatasi Spikeri bilan uchrashdi

Uchrashuvda Oʻzbekiston – Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Vakillar palatasi Spikeri bilan uchrashdi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio shahriga rasmiy tashrifi doirasida Yaponiya Parlamentining Vakillar palatasi spikeri Fukushiro Nukaga bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Oʻzbekiston – Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

 

Ikki mamlakat parlament delegatsiyalari oʻrtasidagi oʻzaro tashrif va uchrashuvlar faol tus olgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlarda doʻstlik guruhlari faol ish olib bormoqda. May oyida Tokioda navbatdagi parlamentlararo forum muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

 

Parlamentlarning qoʻmitalari, xalq deputatlari mahalliy kengashlari va Yaponiya prefekturalari assambleyalari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish, shuningdek, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt sohasida qonun ijodkorligi boʻyicha tajriba almashish muhimligi taʼkidlandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Vakillar palatasi Spikeri bilan uchrashdi | Zamon.uz