O'zbekiston

Navoiyda 15,5 mlrd so‘mlik oltinni noqonuniy oltin qazib olgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Jinoiy guruh bir necha oy davomida noqonuniy faoliyat olib borib, sun’iy hovuzlar va ag‘darma maydonlarini tashkil qilgan hamda tarkibida oltin mavjud bo‘lgan tog‘ jinslarini to‘plash bilan shug‘ullangan.

Navoiyda 15,5 mlrd so‘mlik oltinni noqonuniy oltin qazib olgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

 

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida oltinni noqonuniy qazib olish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 2025-yilning yoz oylarida Navbahor tumani “Qalqonota” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Sarmishsoy tog‘ tizmasidagi yer maydonlarida bir guruh shaxslar tomonidan ruxsatsiz oltin qazib olish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Jinoiy guruh bir necha oy davomida noqonuniy faoliyat olib borib, sun’iy hovuzlar va ag‘darma maydonlarini tashkil qilgan hamda tarkibida oltin mavjud bo‘lgan tog‘ jinslarini to‘plash bilan shug‘ullangan.

 

2025-yil oktabr oyida Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining Navoiy viloyati bo‘yicha bo‘limi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tezkor-qidiruv xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilib, mazkur noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi va oltin qazib olish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.

 

Tezkor tadbirlar davomida jinoyat alomatlarini tasdiqlovchi qum uyumlari, sun’iy hovuzlar, ag‘darma maydonlari va turli buyumlar belgilangan tartibda rasmiylashtirib olindi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, jinoiy guruh tomonidan tarkibida 9 kilogramm 928 gramm oltin moddasi mavjud bo‘lgan, umumiy qiymati 15 milliard 551 million 219 ming so‘mlik tog‘ jinslari o‘zlashtirilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 196-2-moddasi 3-qismi “a” bandi (foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz, juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda qazib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Mazkur moddaga ko‘ra, aybdor shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 500 baravarigacha jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanishi mumkin.

 

Hozirda uyushgan jinoiy guruhning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi, a’zolari hamda ularning vazifalarini aniqlash bo‘yicha tezkor-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"