Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ishtirokida Hatayda “O‘zbekiston” turar joy majmuasi ochildi

300 dan ortiq to‘liq jihozlangan xonadonni o‘z ichiga olgan, 24 ta ko‘p qavatli uydan iborat zamonaviy turar joy majmuasi barcha zarur infratuzilma bilan barpo etildi.

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ishtirokida Hatayda “O‘zbekiston” turar joy majmuasi ochildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari gumanitar yo‘nalishdagi muhim loyihalarning ochilish va boshlanish marosimlarida ishtirok etdilar.

 

Davlat rahbarlari Hatay viloyatida O‘zbekiston tomonidan barpo etilgan “O‘zbekiston” turar joy majmuasining tantanali ochilish marosimida qatnashdilar.

 

Tadbirda so‘zga chiqqan Prezident Shavkat Mirziyoyev uch yil avval yuz bergan vayronkor zilzila qardosh turk xalqi uchun og‘ir sinov bo‘lganini ta’kidlab, O‘zbekiston ofatning ilk kunlaridanoq Turkiyaga har tomonlama yordam ko‘rsatganini qayd etdi.

 

Qisqa vaqt ichida 100 nafar o‘zbekistonlik qutqaruvchi va 70 nafar tibbiyot xodimi zilzila hududiga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarida faol ishtirok etdi. Natijada 18 kishi vayronalar ostidan tirik holda qutqarildi, 200 nafarga yaqin jabrlanganlarga yordam ko‘rsatildi. Dala shifoxonasi orqali 4 ming nafardan ortiq bemor tibbiy xizmat bilan ta’minlandi.

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an boshchiligida zilzila oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlar amalga oshirilayotgani, bugungi kunga qadar mamlakat bo‘ylab 455 mingdan ziyod uy-joy qurilgani alohida ta’kidlandi.

 

O‘zbekiston tomonidan Hatay viloyatining Arsuz tumanida 300 dan ortiq to‘liq jihozlangan xonadonni o‘z ichiga olgan, 24 ta ko‘p qavatli uydan iborat zamonaviy turar joy majmuasi barcha zarur infratuzilma bilan barpo etildi.

 

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an mazkur majmua nafaqat zilziladan jabrlangan oilalar uchun yangi maskan, balki o‘zbek va turk xalqlari o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va birdamlik ramzi ekanini ta’kidladi. Yetakchilar loyiha ijrosida ishtirok etgan quruvchilar, muhandislar va barcha hamkorlarga minnatdorlik bildirdilar hamda yangi uylarning kalitlarini egalariga tantanali ravishda topshirdilar.

 

Shuningdek, davlat rahbarlari Istanbul shahrining Bekirkyoy tumanida o‘zbek maktabi qurilishini boshlab berdilar. Ushbu ta’lim maskani O‘zbekistonning xorijdagi ilk maktabi bo‘lib, Turkiyada istiqomat qilayotgan o‘zbek oilalari farzandlariga ona tilida ta’lim olish, milliy qadriyat va an’analarni asrab-avaylash imkonini beradi.

 

Tomonlar mazkur maktab ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashi va yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutishiga ishonch bildirdilar.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ishtirokida Hatayda “O‘zbekiston” turar joy majmuasi ochildi | Zamon.uz