O'zbekiston

O‘zbekiston bo'ylab maktab va kollejlarda “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi joriy etiladi

Tanlov g‘oliblariga 5-10 mln so‘mgacha mukofot beriladi.

O‘zbekiston bo'ylab maktab va kollejlarda “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi joriy etiladi

 

O‘zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etiladi. Bu “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–59-son, 2026-yil 11-fevral) bilan belgilandi.

 

Qarorga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab o‘rta maxsus va kasbiy taʼlim muassasalari o‘quvchilari hamda umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilari uchun har oy kamida ikki marotaba startap g‘oyalarini yaratishga o‘rgatuvchi “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari o‘tkazib boriladi.

 

Mazkur tashabbus doirasida:

  • o‘quvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi tashkil etiladi. Tuman bosqichi g‘oliblariga 5 mln so‘mgacha, viloyat bosqichi g‘oliblariga esa 10 mln so‘mgacha mukofot beriladi;
  • startap loyihalari har chorakda ota-onalar, biznes va ilmiy hamjamiyat vakillariga taqdim etiladi;
  • marketplase platformalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, taʼlim muassasalarida yaratilgan mahsulotlarni sotish tizimi joriy etiladi.

 

Shuningdek, 2026-yil 1-apreldan boshlab muammo va masalalarni kraudsorsing asosida hal qilish tizimi joriy etiladi. Unga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari yechim talab qiladigan muammolar bo‘yicha elektron platformalarda tanlovlar eʼlon qiladi hamda har oy startap tashabbuskorlari bilan “Startap kuni” uchrashuvlarini o‘tkazadi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"