Sport

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

 

 

Winter Olympic Games doirasidagi bahslar davom etmoqda. O‘zbekiston sportchilari ham musobaqada o‘z debyut chiqishlarini yakunladi.

 

Short-trek yo‘nalishida ishtirok etgan Daniil Eybog musobaqani 14-o‘rin bilan yakunladi.

 

Tog‘ chang‘isi bo‘yicha gigant-slalom dasturida esa Medet Nazarov ikki start natijasiga ko‘ra 2:46.89 daqiqa qayd etdi. Ikkinchi urinishda u dastlabkisiga nisbatan yaxshiroq natija (1:21.14) ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Nazarov gigant-slalom bahslarini 50-pog‘onada tugatdi.

 

Shu tariqa, O‘zbekiston vakillari Milan mezbonlik qilayotgan qishki Olimpiada o‘yinlarida o‘z ishtirokini yakunladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"