Sport

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

AQSH Prezidenti Donald Tramp dunyoga mashhur portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduni Amerikaga kelishga chaqirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaatda Tramp Ronalduni “barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi” deb atagan.

 

“Krishtianu Ronaldu, sen barcha davrlarning eng buyuk futbolchisisan. Amerikada sen bizga keraksan. Darhol yo‘lga chiq — biz tomon tezroq kelishing kerak”, degan Tramp murojaatida.

 

Video qisqa formatda eʼlon qilingan bo‘lib, unda sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan sahnalar ham mavjud. Ayrim lavhalarda Tramp va Ronaldu Oq Uy hududida futbol o‘ynayotgandek tasvirlangan.

 

Mazkur bayonot 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati arafasida yangradi. Maʼlumki, turnir AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkaziladi.

 

Kuzatuvchilar Trampning chaqirig‘ini bir necha yo‘sinda talqin qilmoqda.

 

Xususan, Ronalduni AQSHning MLS ligasiga taklif qilish ehtimoli bor. Yoki Jahon chempionati oldidan futbolga qiziqishni oshirishga qaratilgan ramziy murojaat bo‘lish mumkin.

 

Hozirda Ronaldu Saudiya Arabistonining “Al-Nassr” klubida to‘p surmoqda. U hali mazkur chaqiriqqa rasmiy munosabat bildirmagan.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi | Zamon.uz