O'zbekiston

O'zbekistonda chiqindi xizmatlari uchun to‘lov faqat ko‘rsatilgan xizmat asosida hisoblanadi

Yangi tizimda to‘lovlar davlat nazoratidagi maxsus hisob raqamiga yo‘naltirilib, operatorlarga faqat real bajarilgan ish uchun haq to‘lanadi.

O'zbekistonda chiqindi xizmatlari uchun to‘lov faqat ko‘rsatilgan xizmat asosida hisoblanadi

 

2026-yil 1-yanvardan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun haq to‘lashning yangi tartibi joriy etildi. Mazkur tizimga ko‘ra, sanitariya tozalash sohasida isteʼmolchilardan faqat amalda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov undiriladi hamda barcha to‘lovlar asosan onlayn tizimlar orqali amalga oshiriladi.

 

Yangi tartibning asosiy maqsadi sohaga shaffoflikni oshirish, xizmat sifati ustidan nazoratni kuchaytirish va noqonuniy to‘lovlar hamda yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olishdan iborat. Onlayn to‘lov tizimi fuqarolarga istalgan joy va vaqtda to‘lovni amalga oshirish, bankka borish va navbat kutmasdan hisob-kitob qilish, to‘lovlarni nazorat qilish hamda elektron cheklarni yuklab olish imkonini beradi.

 

Endilikda aholining chiqindi xizmatlari uchun amalga oshirgan to‘lovlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri sanitariya korxonalari hisob raqamiga emas, balki davlat nazorati ostidagi — Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining maxsus hisob raqamiga yo‘naltiriladi. Shundan so‘ng operatorlarga haq alohida tartib asosida, yaʼni mahallalardan olib chiqilgan chiqindi hajmi (tonnasi) hamda maxsus texnikaning bosib o‘tgan masofasi (kilometri) hisobidan faqat real ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lab beriladi.

 

Shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi sanitariya korxonalarining faoliyati har oy baholanib, ular “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratib boriladi. Ushbu reyting natijalari korxonalarga to‘lovlarni amalga oshirishda inobatga olinadi. Sifatli xizmat ko‘rsatmagan korxonalar jarimaga tortilishi, shartnomalari bekor qilinishi va ularga biriktirilgan hududlar qayta taqsimlanishi mumkin.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, hozirgi paytda 14 ta korxona “qizil” toifaga kiritilib, ularga nisbatan jarimalar qo‘llangan, ikki korxona bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilingan. Shuningdek, amalda ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan 11,9 milliard so‘mlik noreal debitor qarzdorlik elektron tizimdan chiqarilgan.

 

“Toza Makon” yagona elektron billing tizimi orqali respublika bo‘yicha 9 430 ta mahalla, 7,1 million abonent hamda elektron xaritaga kiritilgan 3 606 ta chiqindi yig‘ish joyi nazoratga olingan. Bundan tashqari, chiqindi tashuvchi 3 230 ta maxsus texnikaning 94 foizi GPS qurilmalari orqali kuzatilmoqda.

 

Hozirda 846 ta chiqindi yig‘ish maydonchasi va 645 ta maxsus texnika onlayn kuzatuv kameralariga ulangan bo‘lib, 2030 yilga qadar ushbu ko‘rsatkichni 100 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Billing tizimining elektr tizimi bilan integratsiya qilinishi esa sohani to‘liq raqamlashtirish, xizmat sifati ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni taʼminlashga xizmat qilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"