O'zbekiston

Yaponiyada odamlar bilan gaplashadigan “diniy” robot yaratildi

Buddharoid nomli robot mustaqil ravishda yurishi, ta’zim qilishi hamda qo‘llarini birlashtirgan holda hurmat ifodalashi mumkin.

Yaponiyada odamlar bilan gaplashadigan “diniy” robot yaratildi

 

Kioto universiteti tadqiqot guruhi Teraverse va XNOVA bilan hamkorlikda odamlar bilan muloqot qilish va o‘zaro aloqa o‘rnatishga mo‘ljallangan sun’iy intellekt asosidagi buddist gumanoid robotni ishlab chiqdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

 

Buddharoid deb nomlangan mazkur robot Unitree Robotics tomonidan ishlab chiqarilgan Unitree G1 platformasi asosida yaratilgan bo‘lib, BuddhaBot-Plus tizimi bilan jihozlangan.

 

Ishlab chiquvchilarning ma’lum qilishicha, robotning dialog moduli OpenAI tomonidan yaratilgan ChatGPT’ning eng so‘nggi versiyasidan foydalanadi. Javoblar dastlab buddist diniy matnlaridan olingan formulalar asosida shakllantiriladi, so‘ngra keng ko‘lamli til modeli yordamida izoh va talqinlar bilan boyitiladi. Bu esa robotga diniy-falsafiy savollarga mazmunli va izchil javob berish imkonini yaratadi.

 

Loyiha doirasida gumanoid robotga bir qator tabiiy imo-ishoralar o‘rgatilgan. Xususan, u mustaqil ravishda yurishi, ta’zim qilishi hamda qo‘llarini birlashtirgan holda hurmat ifodalashi mumkin. Tizim nutqni aniqlash va sintez qilish funksiyalariga ega bo‘lib, og‘zaki javoblarni tana harakatlari bilan sinxronlashtirish imkonini beradi.

 

Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, Buddharoid ikki oyoqda erkin harakatlana oladigan va tabiiy og‘zaki muloqotga qodir bo‘lgan ilk “diniy sun’iy intellekt roboti” hisoblanadi. Mazkur loyiha diniy-ma’rifiy sohada innovatsion yechim sifatida baholanmoqda.

 

Shuningdek, mutaxassislar ushbu texnologiyani boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘llash mumkinligini bildirgan. Jumladan, konsalting xizmatlari, tahliliy vazifalar hamda iqtisodiy nazariya bo‘yicha o‘qitilgan gumanoid sun’iy intellekt tizimlarini yaratish rejalashtirilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"