Siyosat

O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga uchuvchisiz dron hujumlarini qoraladi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Suhbat avvalida davlat rahbari Ozarbayjon hududiga uchuvchisiz uchish apparatlari bilan uyushtirilgan hujumlarni keskin qoralab, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

 

So‘nggi kunlarda Yaqin Sharq mintaqasida kuzatilayotgan keskinlikning avj olishi ko‘plab tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib kelayotgani va jiddiy xavotir uyg‘otayotgani alohida qayd etildi.

 

Muborak Ramazon oyida ro‘y berayotgan bunday voqealar umuminsoniy qadriyatlarga, xalqaro normalar va davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyillariga zid ekani ta’kidlandi.

 

O‘zbekiston yetakchisi o'zbekistonliklarni Erondan Ozarbayjon hududi orqali xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar va yaratilayotgan sharoitlar uchun Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirdi.

 

Ozarbayjon Prezidenti, o‘z navbatida, O‘zbekiston rahbariga do‘stona suhbat va sinovli damlarda ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlov uchun alohida tashakkur izhor etdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari telefon orqali muloqot qildi | Zamon.uz