Siyosat

O‘zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari Naxchivondagi dron hujumi masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston tomoni mazkur hujum yuzasidan jiddiy xavotir bildirib, xalqaro huquq tamoyillariga rioya qilish zarurligini ta’kidladi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari Naxchivondagi dron hujumi masalasini muhokama qildi

Baxtiyor Saidov va Jeyhun Bayramov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida Ozarbayjonning Naxchivon Avtonom Respublikasi hududida sodir bo‘lgan uchuvchisiz uchish apparati hujumi bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilindi.

 

Ma’lum qilinishicha, ozarbayjonlik vazir hamkasbiga mazkur hududga qilingan dron hujumi tafsilotlari haqida ma’lumot bergan. Hujum oqibatida tinch aholi jabr ko'rgani hamda fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetgani ta’kidlangan.

 

O‘zbekiston tomoni mazkur hodisa yuzasidan jiddiy xavotir bildirgan. Bu haqda vazir Baxtiyor Saidovning Telegram kanalida e’lon qilingan bayonotda ma’lum qilindi.

 

Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston tomoni xalqaro huquq tamoyillariga zid bo‘lgan, boshqa davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzishga qaratilgan harakatlarni qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidlagan.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari Naxchivondagi dron hujumi masalasini muhokama qildi | Zamon.uz