O'zbekiston

Erondan O‘zbekistonga kislotali bulutlar kelishi haqidagi xabarlar rad etildi

Mutaxassislar atmosferadagi jarayonlar sabab kislotali yog‘inlarning uzoq masofalarga xavfli darajada yetib kelishi deyarli mumkin emasligini ta’kidladi.

Erondan O‘zbekistonga kislotali bulutlar kelishi haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Erondan O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga kislotali bulutlar yetib kelishi mumkinligi haqida turli xabarlar tarqaldi. “O‘zgidromet” ushbu ma’lumotlar ilmiy jihatdan asoslanmaganini ma’lum qilib, bunday xavf mavjud emasligini bildirdi.

 

Qayd etilishicha, kislotali yog‘inlar atmosferada oltingugurt oksidlari (SO₂) va azot oksidlari (NO₂) uzoq vaqt davomida to‘planib, bulutlarda suv bug‘i bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday jarayonlar, asosan, yirik sanoat hududlari va kuchli chiqindi manbalari yaqinida kuzatiladi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, havo massalari uzoq masofalarga ko‘chishi jarayonida ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi keskin kamayadi. Bunga atmosferadagi turbulentlik, vertikal aralashish hamda quruq va nam cho‘kish jarayonlari sabab bo‘ladi. Shu bois manbadan minglab kilometr uzoqlikda xavfli darajadagi kislotali yog‘inlar hosil bo‘lishi deyarli mumkin emas.

 

Shuningdek, yog‘inlarning hosil bo‘lishi asosan mahalliy bulut shakllanish jarayonlari bilan bog‘liq. Ya’ni yog‘inlar hudud ustidagi atmosferada mavjud bo‘lgan suv bug‘i va aerozollar hisobiga yuzaga keladi.

 

“O‘zgidromet”ning meteorologik kuzatuvlari hamda atmosfera havosi sifati monitoringi ma’lumotlariga ko‘ra, kislotali bulutlarning O‘zbekiston yoki qo‘shni davlatlar hududiga ko‘chib kelishi xavfi kuzatilmayapti.

 

Shu munosabat bilan mutaxassislar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka hamda faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqirdi. Shuningdek, yolg‘on yoki tekshirilmagan axborotlarni tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi eslatildi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"