O'zbekiston

Toshkentda o‘quvchilar kanaldan ko‘prik yo‘qligi sababli quvurlar orqali o‘tishga majbur bo‘lmoqda

Hokimlik Salar kanali ustida yangi ko‘prik qurilishi yaqin kunlarda boshlanishini ma’lum qildi.

Toshkentda o‘quvchilar kanaldan ko‘prik yo‘qligi sababli quvurlar orqali o‘tishga majbur bo‘lmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Sergeli tumanida maktab o‘quvchilari xavfsiz ko‘prik yo‘qligi sababli kanaldan quvurlar orqali o‘tayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, holat Jo‘nariq mahallasi hududida kuzatilgan. U yerda birinchi sinf o‘quvchilari hamda boshqa maktab o‘quvchilari maktabga borish uchun tor suv yo‘li ustiga o‘rnatilgan quvurlardan foydalanishga majbur bo‘layotgani aytilmoqda. Bu esa bolalarning har kuni o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib yo‘l bosishiga sabab bo‘lmoqda.

 

Holat yuzasidan Sergeli tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi. Idora ma’lumotiga ko‘ra, video Yuqori Darxon mahallasi va Jo‘nariq mahallalari tutashgan hududda olingan.

 

Qayd etilishicha, Salar kanali ustidan o‘tuvchi ko‘prikni qayta qurish bo‘yicha Toshkent shahar hokimining tegishli qarorlari qabul qilingan.

 

Ma’lum qilinishicha, qurilish ishlari yaqin 5–10 kun ichida boshlanishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida yangi ko‘prik qurish, piyodalar uchun alohida yo‘laklar tashkil etish hamda yo‘l qoplamasini ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"