O'zbekiston

Yaqin Sharqdan 25 mingdan ortiq o‘zbekistonlik vataniga qaytarildi

Qaytarilganlarning asosiy qismi Saudiya Arabistoni va BAAdan olib kelingan.

Yaqin Sharqdan 25 mingdan ortiq o‘zbekistonlik vataniga qaytarildi

10-mart kuni ertalab holatiga ko‘ra, Yaqin Sharq mamlakatlaridan O‘zbekistonga qaytarilgan fuqarolar soni 25 047 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, vatandoshlarni evakuatsiya qilish ishlari tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda hamda mintaqadagi olti davlatni qamrab olmoqda.

 

Qaytarilgan fuqarolarning asosiy qismi Saudiya Arabistonidan bo‘lib, ushbu mamlakatdan 21 mingdan ortiq o‘zbekistonlik vataniga olib kelindi. Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklaridan 3500 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan.

 

Bundan tashqari, Qatar, Eron, Bahrayn va Ummon hududlaridan ham o‘zbekistonliklarni olib kelish bo‘yicha maxsus reyslar tashkil etildi.

 

Tashqi ishlar vazirligi evakuatsiya ishlari, asosan, fuqaro aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lgan davlatlar orqali amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"