O'zbekiston

Turkiyada o‘ldirilgan samarqandlik ayolning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi

Jinoyatda gumonlanib 4 nafar shaxs qo‘lga olingan.

Turkiyada o‘ldirilgan samarqandlik ayolning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi

 

Turkiyada o‘ldirilgan, asli samarqandlik 46 yoshli Dilafruz Chulliyevaning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Istanbul bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, marhumaning jasadi O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida O‘zbekistonga olib kelingan.

 

Dilafruz Chulliyeva 2026-yil 25-yanvar kuni Turkiyaning Balikesir hududidagi ish joyidan noma’lum tomonga chiqib ketgan va bedarak yo‘qolgan. Shundan so‘ng uning o‘g‘li O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga murojaat qilgan.

 

Murojaatdan keyin O‘zbekistonning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalari Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga nota yuborgan hamda Turkiya Ichki ishlar vazirligi Xavfsizlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda qidiruv ishlari boshlangan.

 

Anqaradagi O‘zbekiston elchixonasi va Istanbuldagi Bosh konsulxona, diaspora vakillari, advokatlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan qidiruv ishlari olib borilgan. 2026-yil 28-fevral kuni Balikesir tumanidagi o‘rmon hududidan shaxsi noma’lum jasad topilgan.

 

 

Jasad uzoq vaqt davomida qolib ketgani sababli uni tashqi ko‘rinishidan aniqlash imkoni bo‘lmagan. Shu bois topilgan jasad hamda marhumaning o‘g‘lidan olingan qon namunalarini solishtirish orqali DNK tekshiruvi o‘tkazilgan va jasad Dilafruz Chulliyevaga tegishli ekani tasdiqlangan.

 

Mazkur jinoyatda gumonlanib 4 nafar shaxs qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Mutasaddilar ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘rab, marhumaning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"