Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni tabrikladi

Qozog‘istondagi referendumda qariyb 90 foiz ovoz bilan yangi Konstitutsiya loyihasi ma’qullandi.

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qilib, yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi tahrirdagi Konstitutsiya 90 foiz ovoz bilan ma’qullangan.

 

Yevroosiyo integratsiyasi institutiga ko‘ra, yangi Konstitutsiyani qabul qilish uchun 86,7 foiz ovoz berilgan. 

 

“Sotsis-A” instituti so‘rovida bu ko‘rsatkich 87,4 foizni tashkil etmoqda. Ijtimoiy siyosat institutining ekzitpol natijalari esa respondentlarning 88,6 foizi yangi Konstitutsiyani qo‘llab-quvvatlaganini ko‘rsatgan.

 

Shuningdek, To‘qayev yangi Konstitutsiya qabul qilingani bilan fuqarolarni tabrikladi. U referendum o‘tkazilgan 15-mart sanasini Konstitutsiya kuni deb e’lon qildi. 

 

“Men ko‘plab mamlakatlarning Konstitutsiyalari bilan tanishdim va ishonch bilan ayta olamanki, asosiy qonunimiz eng yaxshilari qatorida turadi”, — dedi To‘qayev.

 

Qayd etilishicha, referendum kuni butun mamlakat bo‘ylab 10 388 ta saylov uchastkasi ochilgan. Qozog‘istonning 54 ta mamlakatdagi diplomatik vakolatxonalarida yana 71 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.