O'zbekiston

Islom sivilizatsiyasi markazi – Yevroosiyoning yangi geostrategik markazi — Forbes

Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekistonning Yevroosiyo, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi madaniy va diplomatik ko‘prik sifatidagi yangi rolining “ramziy va strategik tayanchi”ga aylanmoqda.

Islom sivilizatsiyasi markazi – Yevroosiyoning yangi geostrategik markazi — Forbes

Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilish kunida nufuzli xalqaro nashr Forbes tahliliy maqola e’lon qilib, unda O‘zbekiston loyihasini «Yevroosiyodagi yangi markaz» deb atadi hamda uning madaniy-diplomatik va geostrategik ahamiyatini ta’kidladi.

 

Maqola muallifi, taniqli geosiyosiy tahlilchi Kamran Boxari, Markaz tashkil etilishini O‘zbekistonda kechayotgan keng qamrovli o‘zgarishlar – mintaqaviy o‘yinchidan global xavfsizlik, iqtisodiyot va madaniy hamkorlik arxitekturasining faol ishtirokchisiga aylanish jarayonining bir qismi sifatida baholaydi. Nashrda qayd etilishicha: «Markaz Yevroosiyo makonida islomiy intellektual va madaniy an’analarni shakllantirishda O‘zbekistonning tarixiy o‘rnini namoyon etuvchi muhim tashabbusdir».

 

Forbes e’tiborni shu jihatga qaratadiki, global beqarorlik va «g‘oyalar raqobati» sharoitida Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat madaniy obyekt, balki madaniy kuchning strategik platformasiga aylanmoqda: «Markaz bag‘rikeng Markaziy Osiyo musulmon an’analari modelini namoyon etish va konstruktiv muloqot uchun muhim maydonga aylanish salohiyatiga ega».

 

Maqolada, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan siyosatga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, u islomning insonparvarlik mohiyatini ilgari surish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaga nisbatan yangi qiyofa shakllantirishga qaratilgani ta’kidlangan.

 

Muallif fikricha, Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekistonning Yevroosiyo, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi madaniy va diplomatik ko‘prik sifatidagi yangi rolining «ramziy va strategik tayanchi»ga aylanmoqda.

 

Nashrda yana ta’kidlanishicha, Markaz tashkil etilishi O‘zbekistonning tarixiy merosni zamonaviy ta’sir vositalari bilan uyg‘unlashtira oladigan davlat sifatidagi pozitsiyasini mustahkamlaydi.

 

«O‘zbekiston o‘z sivilizatsion merosini global barqarorlik va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi zamonaviy madaniy kuch vositasiga aylantirmoqda», — deyiladi materialda.

 

Forbes Markaz ochilishini faqat milliy voqea sifatida emas, balki kengroq geoiqtisodiy va geosiyosiy strategiyaning bir qismi sifatida baholaydi. Ushbu strategiya doirasida Toshkent Yevroosiyoning muhim tugunlaridan biri sifatida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlamoqda.

 

Markaz ochilgan kuni e’lon qilingan mazkur maqola O‘zbekistonga bo‘lgan xalqaro qiziqish ortib borayotganini hamda uning madaniyat, ilm-fan va sivilizatsiyalar muloqoti orqali yangi global muvozanatni shakllantirishdagi o‘rni mustahkamlanib borayotganini tasdiqlaydi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"