Siyosat

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi uchun boj undirishni ko‘rib chiqmoqda

Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalarining xavfsiz harakati ta’minlanishi uchun mamlakatlar boj to‘lashga majbur bo‘ladi.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi uchun boj undirishni ko‘rib chiqmoqda

Eron parlamenti vakili Somayah Rafaiy ma’lum qilishicha,  qonun chiqaruvchilar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi uchun boj undirish taklifini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Taklifga ko‘ra, agar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi kemalarning xavfsiz o‘tish yo‘li, energiya tranziti va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun ishlatilsa, mamlakatlar Eronga boj va soliq to‘lashga majbur bo‘ladi.

 

ISNA axborot agentligining xabar berishicha, Rafaiy Tehronning Valiasr maydonida bo‘lib o‘tgan ommaviy yig‘ilishda Eronning “Ho‘rmuz bo‘g‘ozi xavfsizligini ta’minlash va milliy manfaatlarni himoya qilishdagi vakolati”ni ta’kidlagan. 

 

“Biz dushmanlarimizni avvalgi qulayliklardan mahrum etdik, bu holatga chidashga ularning sabri yetmaydi. Xudo xohlasa, bu urush Eronning ishonchli va qat’iy g‘alabasi bilan yakunlanadi. Shundan so‘ng Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tish dushmanlarimiz uchun qiyinchiliklar tug‘dirishda davom etadi,”— dedi Rafaiy.

 

Bu taklif mintaqadagi global tranzit va energiya yo‘llarini nazorat qilish bo‘yicha Eronning siyosiy strategiyasini aks ettiruvchi muhim chora sifatida baholanmoqda.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi uchun boj undirishni ko‘rib chiqmoqda | Zamon.uz