Siyosat

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev suhbatlashdi

Muloqotda O‘zbekiston–Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

 

Xabarga ko‘ra, suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti va Navro‘z munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, xalqlarga tinchlik va farovonlik tilagan.

 

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston–Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan. Xususan, Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

 

Bundan tashqari tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib borayotganini, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport hamda madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalar ilgari surilayotganini qayd etgan.

 

Shuningdek, yetakchilar Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilib, uning keskinlashuvi mintaqa va jahon iqtisodiyoti uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini, muammoni faqat siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish zarurligini ta’kidlagan.

 

Suhbat davomida bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqilgan.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev suhbatlashdi | Zamon.uz