Jahon

AQSh Eron neftining dengizdagi savdosiga 30 kunlik ruxsat berdi

Bu choralar AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari ortidan keskin oshgan neft narxlarini pasaytirishga qaratilgan.

AQSh Eron neftining dengizdagi savdosiga 30 kunlik ruxsat berdi

Reuters agentligi e’lon qilingan hujjatlarga tayanib, AQSh hukumati Eron neftini dengizda sotib olishga qo‘yilgan sanksiyalarni 30 kun muddatga vaqtincha yumshatgani haqida xabar berdi.

 

"Bu choralar AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari ortidan keskin oshgan neft narxlarini pasaytirishga qaratilgan", deb yozmoqda agentlik.

 

AQSh Moliya vaziri Skott Bessentning ma’lum qilishicha, mazkur qaror global bozorga taxminan 140 million barrel neft chiqarilishiga imkon berib, energiya ta’minotidagi bosimni kamaytiradi.

 

Oq uyda neft narxlarining oshishi ichki bozorda biznes va iste’molchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotir kuchaygan. Ayniqsa, noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlar arafasida prezident Donald Trampning partiyadoshlari Kongressdagi nazoratni saqlab qolishga intilmoqda.

 

AQSh Moliya vazirligi saytida e’lon qilingan litsenziyaga ko‘ra, zarurat tug‘ilganda Eron neftini sotish yoki yetkazib berish jarayonini oxirigacha bajarish uchun uchun uni AQShga import qilishga ruxsat beriladi.

 

AQSh 1979-yildagi inqilobdan keyin joriy etilgan sanksiyalar sabab Eron neftini deyarli import qilmagan. Shu bois, ushbu ruxsat amalda AQShga Eron nefti kirib kelishiga olib keladimi-yo‘qmi — hozircha aniq emas.

 

Litsenziya Kuba, Shimoliy Koreya va Qrim hududlariga tatbiq etilmaydi va 19-aprelgacha amal qiladi.

 

Mazkur qaror Eron neftining eng yirik xaridori hisoblangan Xitoy uchun ham foydali bo‘lishi kutilmoqda. Energetika vaziri Kris Raytning aytishicha, neft Osiyoga 3–4 kun ichida yetib borib, keyingi bir yarim oy davomida qayta ishlanib bozorga chiqarilishi mumkin.

 

So‘nggi ikki haftadan ortiq vaqt ichida AQSh uchinchi bor raqib davlatlar neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. Bu choralar narxi barreliga 100 dollardan oshib, 2022-yildan buyon eng yuqori darajaga yetgan neft narxlarini pasaytirishga qaratilgan.

 

Avvalroq AQSh Rossiya neftiga nisbatan cheklovlarni yengillashtirgan, shuningdek, juma kuni kemalarga yuklangan Eron xom nefti va neft mahsulotlarini sotishga ruxsat beruvchi umumiy litsenziya chiqargan.

 

“Aslida, biz narxlarni pasaytirish uchun Eron neftidan foydalanamiz va shu bilan birga “Epik g‘azab” operatsiyasini davom ettiramiz”, — dedi Bessent.

 

Uning avval Fox Business telekanaliga bergan intervyusiga ko‘ra, mazkur choralar 10–14 kun davomida neft narxlarini barqaror ushlab turishga yordam berishi mumkin.

 

Shu bilan birga, AQSh Eronning ushbu savdolardan tushadigan daromadga to‘liq kirishini cheklash va uning xalqaro moliyaviy tizimga chiqish imkoniyatlarini qisqartirish siyosatini davom ettiradi.

 

28-fevraldan buyon davom etayotgan harbiy harakatlar fonida neft narxi qariyb 50 foizga oshdi. Tehron bunga javoban Isroil va Fors ko‘rfazi hududlaridagi AQSh bazalariga zarbalar berdi.

 

Hududdagi muhim energetika infratuzilmalari hujumga uchragan, shuningdek, Eron dunyo nefti va suyultirilgan gazining qariyb 20 foizi o‘tadigan Hormuz bo‘g‘ozini amalda yopgan.

 

Narxlarni pasaytirish maqsadida AQSh yana bir qator choralarni ham e’lon qilgan. Xususan, “Jones Act” qonunining 60 kunlik vaqtinchalik bekor qilinishi xorijiy kemalarga AQSh portlari o‘rtasida yoqilg‘i va boshqa yuklarni tashishga ruxsat beradi.

 

Obsidian Risk Advisors kompaniyasi vakili Brent Erikson fikricha, Hormuz bo‘g‘ozi ochilmaguncha bu choralar sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.

 

“Urush holatidagi davlatga nisbatan sanksiyalarni yumshatish — iqtisodiy vositalar kamayib borayotganidan dalolat beradi. Bu shuni anglatadiki, mavjud variantlar cheklanib bormoqda”, — dedi u.

 

AQSh avval ham dengizda qolib ketgan Rossiya neftini sotish uchun 30 kunlik ruxsat bergan, 5-mart kuni esa Hindiston uchun alohida litsenziya chiqargan edi.

 

“Demokratiyani himoya qilish jamg‘armasi” tashkiloti rahbari Mark Dubovitz esa qarorni qo‘llab-quvvatlab, uni “rejimga qarshi kurashda muhim va oqilona qadam” deb baholadi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.