O'zbekiston

Fransiya Isroil milliy xavfsizlik vaziriga mamlakatga kirishni taqiqladi

Bu qarorga Itamar Ben-Gvirning “Global Sumud Flotilla” faollarini mazax qilgani sabab bo‘lgan.

Fransiya Isroil milliy xavfsizlik vaziriga mamlakatga kirishni taqiqladi

Fransiya Isroilning milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga mamlakat hududiga kirishni taqiqladi. Bunga “Global Sumud flotiliyasi” faollariga nisbatan qilgan masxaraomuz harakatlari sabab bo‘lgan. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barroning ma’lum qilishicha, qaror Ben-Gvir tomonidan flotiliya ishtirokchilari — Fransiya va Yevropa fuqarolariga nisbatan “qabih munosabat” namoyish etilgani ortidan qabul qilingan.

 

"Bugundan boshlab Itamar Ben-Gvirga Fransiya hududiga kirish taqiqlandi", deya yozgan Barron.

 

Avvalroq Ben-Gvir ijtimoiy tarmoqlarda Ashdod portida ko‘zlari bog‘langan va qo‘llari kishanlangan holda tizzalab o‘tirgan faollar ustidan kulayotgan videosini e’lon qilgandi. Isroil harbiy-dengiz kuchlari bu hafta Kipr yaqinidagi xalqaro suvlarda flotiliya kemalarini to‘xtatib, qariyb 430 kishini qo‘lga olgan edi.

 

Faollarning pol bo‘ylab sudrab olib ketilgani aks etgan tasvirlar ortidan Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Kanada va Ispaniya Isroil elchilarini chaqirib, hodisani qoraladi.

 

Barron Fransiya fuqarolarining tahdid va zo‘ravonlikka duchor etilishiga toqat qilib bo‘lmasligini bildirib, Yevropa Ittifoqini ham Ben-Gvirga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi.

 

Avvalroq “Global Sumud flotiliyasi” tashkilotchilari Isroil hibsidan ozod etilgan faollar kamida 15 ta jinsiy zo‘ravonlik holati haqida ma’lum qilgandi. Ular orasida kamsituvchi tintuvlar, jinsiy tahqirlash va zo‘rlash holatlari borligi aytilmoqda.

 

BMT bu xabarlardan jiddiy xavotir bildirgan. Isroil qamoqxona xizmati esa barcha ayblovlarni rad etib, ularni “yolg‘on va asossiz” deb atagan.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

Loyiha ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish va ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotish orqali qo‘shimcha daromad olishiga imkon beradi.

11–12-oktabr kunlari sel xavfi: 9 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

11–12-oktabr kunlari sel xavfi: 9 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Gaz quvurlari ko‘chiriladi: 8-oktabr kuni gaz vaqtincha o‘chiriladi

Gaz quvurlari ko‘chiriladi: 8-oktabr kuni gaz vaqtincha o‘chiriladi

Ko‘chirish ishlari yakunlangach, gaz ta'minoti xavfsizlik talablari asosida bosqichma-bosqich tiklanadi.

TDTU talabalari issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

TDTU talabalari issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

Yotoqxonaga avval joylashtirilgan talabalardan undirilgan to‘lovlar tadbirkor tomonidan uch kun muddatda to‘liq qaytarib beriladi.