O'zbekiston

Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkentdan hududlarga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Ushbu reyslar orqali qariyb 9 ming nafarga yaqin yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazish rejalashtirilgan.

Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkentdan hududlarga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Qurbon hayiti bayrami arafasida Toshkentdan Buxoro, Termiz, Urganch va Nukus yo‘nalishlarida qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 25–31 may kunlari “Uzbekistan Airways”, “Silk Avia” hamda “Centrum Air” aviakompaniyalari tomonidan ushbu yo‘nalishlarda borish va qaytish uchun jami 28 ta qo‘shimcha reys amalga oshiriladi.

 

Qo‘shimcha qatnovlarning 10 tasi Toshkent — Urganch — Toshkent, 7 tasi Toshkent — Buxoro — Toshkent, yana 7 tasi Toshkent — Termiz — Toshkent hamda 4 tasi Toshkent — Nukus — Toshkent yo‘nalishlariga to‘g‘ri keladi.

 

Ushbu qatnovlar orqali qariyb 9 ming nafarga yaqin yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazish rejalashtirilgan.

 

Ayni paytda amaldagi jadvalga ko‘ra, haftasiga Toshkent — Buxoro yo‘nalishida 23 ta, Toshkent — Termiz yo‘nalishida 23 ta, Toshkent — Urganch yo‘nalishida 35 ta hamda Toshkent — Nukus yo‘nalishida 16 ta reys bajarilmoqda. Umumiy haftalik qatnovlar soni 97 tani tashkil etadi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"