Siyosat

Dunyo yetakchilari Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bilan qutladi

Qutlovlarda Yangi Oʻzbekistondagi islohotlar yuqori baholandi.

Dunyo yetakchilari Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bilan qutladi

Bahor faslining kirib kelishi va tabiatning uygʻonishi bilan uygʻun ravishda nishonlanadigan qadimiy bayram — Navroʻzi olam munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar yetakchilari, shuningdek, siyosat va jamoat arboblaridan samimiy tabriklar kelmoqda.

 

Tabriknomalarda Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, barqaror taraqqiyot, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan. Navroʻzning insoniyat tarixidagi o‘rni, uning yangilanish, ezgulik va hamjihatlik timsoli ekani alohida taʼkidlangan.

 

Xorijiy yetakchilar oʻz tabriklarida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidagi saʼy-harakatlar, iqtisodiy rivojlanish surʼatlari hamda aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarga yuqori baho bergan.

 

Shuningdek, mamlakatning ochiq va pragmatik tashqi siyosati, mintaqada yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy eʼtirof etilayotgani qayd etilgan.

 

Navroʻz bayrami munosabati bilan Prezident nomiga qutlov yoʻllaganlar orasida Vladimir Putin, Si Szinpin, Solman bin Abdulaziz Al Soud, Mohammed bin Salman, Rejep Tayyip Erdog'an, Qosim-Jomart Toqayev, Sadir Japarov, Emomali Rahmon, Serdar Berdimuhamedov, Gurbanguli Berdimuhamedov, Ilhom Aliyev, Alexander Lukashenko hamda Shahboz Sharif kabi davlat rahbarlari bor.

 

Qutlovlarda Navroʻzning xalqlarni birlashtiruvchi, doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlovchi muhim bayram ekani taʼkidlanib, Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyorlik bildirilgan.

 

Jumladan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘z tabrigida Rossiya va Oʻzbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari bundan buyon ham ikki xalq farovonligi hamda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida rivojlanib borishiga ishonch bildirgan.

 

Xitoy rahbari Si Szinpin esa o‘z murojaatida Xitoy va Oʻzbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilayotganini taʼkidlab, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini qayd etgan.

 

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Navroʻzning xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlovchi qadimiy bayram ekanini qayd etib, qardosh xalqlar o‘rtasidagi aloqalar yanada rivojlanishiga tilak bildirgan.

 

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ham o‘z tabriklarida mintaqada yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va strategik hamkorlikni mustahkamlash muhimligini alohida taʼkidlagan.

 

Shuningdek, bir qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari ham Prezident nomiga qutlov yoʻllagan. Ular orasida Nurlan Yermekbayev, Kubanichbek Omuraliev hamda boshqa nufuzli tashkilotlar vakillari bor.

 

Bundan tashqari, turli mamlakatlar siyosiy va jamoat arboblari, diniy tashkilotlar vakillari ham Navroʻz munosabati bilan samimiy tabriklar yoʻllagan.

 

Prezident nomiga kelayotgan tabriklar davom etmoqda.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.