Sport

Konor Makgregor UFC'ga qaytish uchun ruxsat oldi

Makgerogor navbatdagi jangini 11-iyul kuni Las-Vegasdagi UFC 330 turnirida o‘tkazadi.

Konor Makgregor UFC'ga qaytish uchun ruxsat oldi

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor rasmiy ravishda oktagonga qaytish uchun ruxsat oldi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

 

Makgregorga 2025-yil oktyabrda Combat Sports Anti-Doping (CSAD) – UFCdagi dopin nazorati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot tomonidan qo‘yilgan diskvalifikatsiya 18 oydan so‘ng, 20-mart kuni yakunlandi. 

 

Irlandiyalik jangchi 2024-yilda uch marta,  13-iyun, 19 va 20-sentyabrda, doping testini topshirmagani uchun jazolangan.

 

UFC sportchilari doimo o‘zlarining joylashuvi to‘g‘risida aniq ma’lumot berishga majbur. Chunki  ular oldindan ogohlantirilmasdan test topshirish uchun chaqirilishi mumkin.

 

The Sun manbasiga ko‘ra, jangchining vakillari o‘tgan hafta Las-Vegasda UFC rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazgan va manba bu muzokaralarni “ijobiy” deb baholagan.  11-iyul kuni UFC 330 turnirining asosiy jangida Makgregorning ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Avvalroq, Makgregor 14-iyun kuni Oq uyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan turnirda yoki 2026-yil yozidagi yaqin UFC shoulardan birida qaytishi mumkinligini bildirgan edi.

 

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatning 250-yilligi munosabati bilan 14-iyunda Oq uy hududida UFC turniri o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi. Biroq 8-mart kuni e’lon qilingan to‘liq ishtirokchilar ro‘yxatida irlandiyalik jangchi yo‘q edi.

 

37 yoshli Makgregor 2021-yil iyulidan buyon oktagonga chiqmagan. O‘shanda UFC 264 turnirida amerikalik Jastin Pore oyoq jarohati sababli texnik nokaut bilan yutqazgan. Makgregorning MМА’dagi umumiy hisobida 22 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat bor.

custom img

Eron terma jamoasi sardori: “Siyosat sabab JCH kayfiyati buzildi”

Eron bosh murabbiyi Amir G‘alenoiy tayyorgarlik jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramay, jamoa turnirda munosib ishtirok etishiga ishonch bildirdi.

custom img

Shvetsiya Jahon chempionatini yirik g‘alaba bilan boshladi

Shvetsiya guruh bosqichidagi ilk uchrashuvda Tunisni 5:1 hisobida mag‘lub etdi.

custom img

FIFA avstraliyalik hakamni qo‘l ishorasi sabab tekshirmoqda

Uning translyatsiya vaqtida namoyish etilgan qo‘l ishorasi oq tanlilar ustunligini targ‘ib qiluvchi ramz sifatida talqin qilinmoqda.

custom img

JCH — 2026. Qatar Shveysariyadan ochko tortib oldi, Braziliyada durang, Shotlandiya va Avstraliyada g‘alaba

24-yillik tanaffusdan so'ng mundialga chiqqan Turkiya musobaqani kutilmagan mag‘lubiyat bilan boshladi.

custom img

Kelajakda Jahon chempionatida 64 ta terma jamoa ishtirok etishi mumkin

FIFA prezidenti Janni Infantino fikriga ko‘ra, yangi format futbolni yanada ko‘proq mamlakatlarga olib kirishga xizmat qiladi.

custom img

AQSh Paragvayni 4:1 hisobida mag‘lub etdi

AQSh terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatini yirik g‘alaba bilan boshladi.

custom img

Xitoyning Buyuk Xitoy devorida O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash tadbiri o‘tkazildi

Tadbirda nafaqat vatandoshlar, balki Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda boshqa mamlakatlar vakillari ham qatnashib, O‘zbekiston futbolchilariga omad tiladi.

custom img

Messi, Ronaldu va Yamal: JCh-2026’da rekordlar yangilanishi mumkin

JCh-2026’da gollar va ishtirokchilar soni bo‘yicha yangi rekordlar kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"