Sport

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gabonni 3:1 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi turnirdagi navbatdagi bahsni 30-mart kuni Venesuelaga qarshi o‘tkazadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gabonni 3:1 hisobida mag‘lub etdi

Toshkentda O‘zbekiston, Gabon, Venesuela hamda Trinidad va Tobago terma jamoalari ishtirokidagi FIFA Series xalqaro turniriga start berildi.

 

Musobaqaning ilk turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gabon terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

 

“Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ikki jamoaning faol hujumlari bilan boshlandi. O‘yinning 6-daqiqasida Gabon futbolchisi Teddi Averlant hisobni ochdi.

 

14-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Aziz G‘aniyevning aniq uzatmasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin esa vakillarimiz yana bir gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Otabek Shukurovning uzatmasidan keyin Oston O‘runov qulay vaziyatdan foydalanib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

 

Ikkinchi bo‘lim ham murosasiz kurashlar ostida davom etdi. 59-daqiqada terma jamoa safida debyut qilgan Jahongir O‘rozov bosh bilan gol urib, hisobni yanada mustahkamladi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida, 90+3-daqiqada Alisher Odilov yana bir gol muallifiga aylandi.

 

Shu tariqa O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchrashuvni 3:1 hisobida o‘z foydasiga hal qilib, xalqaro turnirni ishonchli g‘alaba bilan boshladi.

 

Ma’lumot uchun, guruhdagi yana bir uchrashuvda Venesuela terma jamoasi Trinidad va Tobago ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi bahsni 30-mart kuni Venesuela terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.