Sport

Turkiya 24 yil o‘tib JCHga qaytdi

To‘rt karra Jahon chempionlari bo‘lgan Italiya qatorasiga uchinchi bor mundialsiz qoladigan bo‘ldi.

Turkiya 24 yil o‘tib JCHga qaytdi

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati saralashining Yevropa mintaqasi pley-off цистерналарига finalida Turkiya Kosovo milliy terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, joriy yil iyun va iyul oylarida AQSH, Kanada va Meksikada o‘tadigan mundial ishtirokchisiga aylandi.

 

So‘ngi bor ular Yaponiya va Janubiy Koreya mezbonligida o‘tgan 2002 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgandi va ushbu turnirda sensatsiya qayd etib, yarimfinalga qadar yetib borgandi. Final yo‘llanmasi uchun kurashda o‘sha turnir g‘olibi Braziliyaga (0:1) imkoniyatni boy bergan turklar uchinchi o‘rin uchun bahsda mezbon Janubiy Koreyani (3:2) mag‘lub etib, sovrindorlar qatoridan joy olgan.

 

Turkiya ushbu turnirda D guruhida AQSH, Paragvay va Avstraliyaga qarshi bellashadi.

 

Jennaro Gattuzo boshchiligidagi Italiya terma jamoasi esa hal qiluvchi bahsda Bosniya va Gersogovina terma jamoasi bilan bellashdi va o‘yining asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi, penaltilar seriyasida esa bolqonliklarning omadi kelib okean ortida o‘tadigan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa Italiya terma jamoasi qatorisiga uchinchi bor Jahon chempionatisiz qoladigan bo‘ldi. So‘ngi bor italyanlar 2014-yilda Braziliyada o‘tgan dunyo birinchilida qatnashgan edi.

 

Shuningdek, Yevropadan Shvetsiya, va Chexiya hamda mintaqalararo pley-offda Yamaykani taslim qilgan Kongo terma jamoalari JCHga yo‘l oldi. Qayd etish joiz Kongo milliy terma jamoasi turnirda O‘zbekiston bilan bir guruhda joylashgan. 

 

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.