“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi
Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ sobiq boshqaruvi raisi Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi.

Interpol qayd etishicha, unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi — o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Dilshod Ahmedov 2024-yil 16-oktyabrda “O‘zmetkombinat” boshqaruvi raisi etib tayinlangan va 2025-yil avgust oyida lavozimidan ozod etilgan.
Ushbu lavozimgacha u investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari, shuningdek “O‘zmetkombinat” boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.








