Jahon

Zelenskiy bilan uchrashidan ma’no ko‘rmayapman — Putin

Putin Zelenskiyning maktubi ayrim jihatlari bilan qo‘pol ohangda yozilganini va uni samimiy muzokara taklifi sifatida qabul qilmaganini aytdi.

Zelenskiy bilan uchrashidan ma’no ko‘rmayapman — Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskyy tomonidan urushni yakunlash masalasini muhokama qilish uchun yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazish taklifi bildirilgan ochiq maktubga munosabat bildirib, hozircha bunday uchrashuv uchun asos ko‘rmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, Putin Rossiyaning yillik iqtisodiy forumidagi chiqishi chog‘ida Zelenskiyning maktubi ayrim jihatlari bilan qo‘pol ohangda yozilganini va uni samimiy muzokara taklifi sifatida qabul qilmaganini aytdi.

 

Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, maktubdagi ayrim iboralar yuzma-yuz muloqot uchun sharoit yaratishga emas, aksincha, bunday uchrashuvning amalga oshmasligiga xizmat qilgandek taassurot uyg‘otgan.

 

Rossiyaning yillik iqtisodiy forumida sahnada turib jurnalistlarning Zelenskiy bilan uchrashish ehtimoli haqidagi savoliga javoban Putin:

“Men hozircha buning hech qanday ma’nosini ko‘rmayapman”, — dedi.

 

Bir kun avval xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Rossiya prezidenti Ukrainadagi urush yuzasidan o‘zining qat’iy pozitsiyasini yana bir bor takrorladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari front chizig‘ida har kuni oldinga siljimoqda.

 

Shu bilan birga, Putin AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan tinchlik tashabbuslari Kiyev murosaga tayyor bo‘lgan taqdirda harbiy harakatlarni to‘xtatishga xizmat qilishi mumkinligini qayd etdi.

 

Rossiya va Ukraina esa bir-birini mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etish uchun zarur bo‘lgan murosaga tayyor emaslikda ayblab kelmoqda.

 

Nashr qayd etishicha, Rossiyadagi ayrim millatchi guruhlar va sharhlovchilar Zelenskiyning ochiq maktubini urushni tugatishga qaratilgan tashabbus emas, balki Rossiya ichida norozilik kayfiyatini kuchaytirishga qaratilgan siyosiy va axborot kampaniyasi sifatida baholadi.

 

Zelenskiyning ochiq maktubi va Putinning unga bergan javobi Rossiya-Ukraina urushini diplomatik yo‘l bilan hal etish istiqbollari yuzasidan muhokamalar davom etayotgan bir paytda e’lon qilindi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.