O'zbekiston

O'zbekistonda 5 oyda 59 ta narkojinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

Tezkor tadbirlar natijasida 1,2 tonna narkotik modda va millionlab psixotrop vositalar musodara qilingan.

O'zbekistonda 5 oyda 59 ta narkojinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

 

Joriy yilning yanvar–may oylarida huquq-tartibot organlarining tezkor bo‘linmalari hamkorligida uyushgan narkojinoyatchilik hamda jinoiy guruhlar faoliyatiga qarshi keng ko‘lamli kompleks tezkor tadbirlar amalga oshirilgan.

 

Natijada narkotik vositalarni tarqatish bilan shug‘ullangan 59 ta yirik uyushgan narkojinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan. Mazkur guruhlarning 15 nafar yetakchisi va 199 nafar a’zosi qo‘lga olingan. Shuningdek, 15 ta yashirin narkolaboratoriya fosh etilgan.

 

Tezkor tadbirlar davomida 1,2 tonna an’anaviy narkotik moddalar, 54 kilogramm sintetik narkotik vositalar, 4,6 million dona psixotrop dori vositalari hamda 3 tonnadan ortiq noqonuniy prekursorlar musodara qilingan. Mutaxassislar qayd etishicha, ushbu jinoiy tarmoqlar faoliyatining to‘xtatilishi natijasida katta miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi oldi olingan.

 

Shuningdek, narkojinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalarining vakolatli organlari bilan hamkorlikda 7 marotaba xalqaro tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Tahlillarga ko‘ra, noqonuniy narkotik aylanmasining qisqarishi “qora bozor”dagi narxlarning sezilarli oshishiga ham sabab bo‘lgan.

 

Uyushgan guruhiy jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida esa 40 ta yirik jinoiy guruh faoliyatiga barham berilgan. Ularning 48 nafar yetakchisi, jumladan, 6 nafari xorijiy davlatlarda ushlanib O‘zbekistonga olib kelingan. Shuningdek, 224 nafar guruh a’zosi qo‘lga olingan.

 

Mazkur jinoiy guruhlar mamlakatning 50 ta shahar va tumanida talonchilik, bezorilik, tovlamachilik, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish hamda fuqarolarga tan jarohati yetkazish kabi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etib kelgani ma’lum qilingan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.