O'zbekiston

O‘zbekistonning texnologiyalarni huquqiy tartibga solish tajribasi xalqaro forumda namoyish etildi

Akademik Akmal Saidov xalqaro huquqiy forumda O‘zbekistonning zamonaviy texnologiyalarni tartibga solish borasidagi yondashuvlari haqida ma’ruza qildi.

O‘zbekistonning texnologiyalarni huquqiy tartibga solish tajribasi xalqaro forumda namoyish etildi

4 iyun kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida ish boshlagan Yevropa-Osiyo huquqiy kongressining XIX sessiyasida O‘zbekistonning texnologiyalarni huquqiy tartibga solish sohasidagi tajribasi taqdim etildi. Tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

 

Kongressning “Huquq va texnologiyalar sintezi: texnologik yetakchilik sari” mavzusidagi ikki kunlik sessiyasi Rossiya huquqshunoslari assotsiatsiyasi hamda V.F.Yakovlev nomidagi Ural davlat yuridik universiteti tomonidan tashkil etildi.

 

2007 yildan buyon o‘tkazib kelinadigan ushbu Kongress har yili 20 dan ortiq xorijiy davlatdan 1500 dan ziyod ishtirokchini jamlaydi. U Yevroosiyo makonidagi eng yirik huquqiy forumlardan biri bo‘lib, YOIIning, BRIKS+, SHHT kabi tashkilotlarga a’zo mamlakatlarning olimlari va amaliyotchi huquqshunoslarini, shuningdek, siyosatchilar, davlat hokimiyati organlari hamda biznes vakillarini birlashtiradi.

 

Akademik Akmal Saidov Kongress ishtirokchilarini texnologiyalarni huquqiy tartibga solish va raqamli transformatsiya sohasidagi O‘zbekistonning milliy tajribasi bilan tanishtirdi. O‘zbekiston vakilining ushbu anjumandagi ishtiroki forumning yuksak xalqaro nufuzini ko‘rsatib, SHHT va boshqa Yevroosiyo integratsiyaviy birlashmalari doirasidagi huquqiy hamkorlik kengayib borayotganidan dalolat beradi.

 

XIX sessiya doirasida jami 41 ta tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik qonunchiligini kodifikatsiyalash va takomillashtirish bo‘yicha kengashning sayyor yig‘ilishi, yalpi majlis, panel munozaralari, davra suhbatlari, IX Alekseyev o‘qishlari, BRIKS Huquq instituti Muvofiqlashtiruvchi kengashining IX sessiyasi, “Yevropa-Osiyo huquq universiteti” konsorsiumi ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi va V Yevropa-Osiyo yoshlar huquqiy forumi o‘tkazilmoqda.

 

Ishbilarmonlik dasturining asosiy qismi “Texno-regulyatorika” strategik texnologik loyihasiga bag‘ishlandi. Bunda Rossiyaning texnologik yetakchiligini ta’minlashda huquqning o‘rni, yuridik ta’lim va amaliyotga AKT, sun’iy intellekt, Big Data kabi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, yuridik faoliyatda ijtimoiy texnologiyalarni qo‘llash kabi masalalar qamrab olindi.

 

Kongress yakunlari bo‘yicha “European and Asian Law Review” jurnalining maxsus sonini nashr etish rejalashtirilmoqda.

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati.

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Ayol Xabarovskda Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganligi sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘xtatilgan.

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

2-noyabrga o‘tar kechasi havo sifati AQI bo‘yicha «nosog‘lom», milliy indeks bo‘yicha esa «zarg‘aldoq» darajaga yetishi mumkin.

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

U shifoxonaga yetkazilgani, hozirda ahvoli barqarorligi bildirildi.

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.