Jahon

Amerikalik jurnalist Xitoy agenti bo‘lib chiqdi

Jurnalist Uxandagi bir guruh shaxslarga AQSh Adliya vazirligi va texnologiyalar sohasiga oid ma’lumotlarni ham taqdim etgan.

Amerikalik jurnalist Xitoy agenti bo‘lib chiqdi

AQSh fuqarosi va jurnalist Tomas Veyr Pauken II Xitoy Xalq Respublikasi manfaatlari yo‘lida noqonuniy agent sifatida faoliyat yuritganini tan oldi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligiga tayanib, BBC xabar berdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 50 yoshli Pauken AQSh hukumatidan maxfiy ma’lumotlarni olishga qaratilgan fitnada ishtirok etganini sudda tan olgan. Unga ko‘ra, jurnalist kamida 2019-yildan 2026-yil fevraligacha Xitoy hukumati bilan bog‘liq shaxslarning topshirig‘i va nazorati ostida ishlagan.

 

Sud hujjatlarida qayd etilishicha, Pauken 2010-yildan buyon Xitoyda yashab kelgan hamda CCTV va Xinhua News kabi davlat OAVlarida faoliyat yuritgan. Tergov materiallariga ko‘ra, u “Keti” nomi bilan tanilgan shaxsdan topshiriqlar olib, AQShdagi potensial axborot manbalari bilan uchrashuvlar tashkil etgan.

 

AQSh Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Pauken ushbu faoliyati uchun kamida 100 ming dollar olgan. Shuningdek, unga bir necha bor AQShga safar qilib, Xitoyga foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish vazifasi yuklatilgan.

 

AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) vakillari jurnalist amerikalik shaxslar haqida ma’lumot to‘plab, ularni Xitoydagi aloqador shaxslarga yetkazib turganini bildirdi. Tergov davomida uning Xitoydagi yana ikki hamkori bilan ishlagani ham aniqlangan.

 

Sud materiallariga ko‘ra, Pauken Uxandagi bir guruh shaxslarga AQSh Adliya vazirligi va texnologiyalar sohasiga oid ma’lumotlarni ham taqdim etgan. 

 

Mazkur guruh undan kiberjosuslik faoliyati uchun mutaxassis topishda yordam berishni so‘ragan.

 

Jurnalistning advokati Charlz Bernhem esa mijozi o‘z harakatlari uchun mas’uliyatni tan olganini va uning maqsadi Xitoy bilan tinch munosabatlarni rivojlantirish hamda diniy erkinliklarni qo‘llab-quvvatlash bo‘lganini ta’kidladi.

 

Tomas Veyr Pauken II bo‘yicha hukm 1-sentabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. U aybdor deb topilsa, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.