O'zbekiston

O‘zbekiston korrupsiyalashgan davlatlar reytingida nechanchi o‘rinda?

Dunyo davlatlarining korrupsiya darajasi bo‘yicha yangi hisobot e’lon qilindi.

O‘zbekiston korrupsiyalashgan davlatlar reytingida nechanchi o‘rinda?

Transparency International tashkiloti dunyo mamlakatlarida davlat sektoridagi korrupsiya holatini aks ettiruvchi navbatdagi Korrupsiyani qabul qilish indeksi (CPI) natijalarini e’lon qildi.

 

Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston 31 ball to‘plab, reytingda 124-o‘rinni egallagan. Mamlakatning ko‘rsatkichi avvalgi yillarga nisbatan biroz yaxshilangani qayd etilgan bo‘lsa-da, korrupsiyaga qarshi kurash sohasida hali ham qator muammolar saqlanib qolmoqda.

 

Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori natijani Qozog‘iston qayd etdi. Mamlakat 38 ball bilan 96-o‘rindan joy oldi. Qirg‘iziston 26 ball bilan 142-o‘rinni, Tojikiston 19 ball bilan 166-o‘rinni, Turkmaniston esa 17 ball bilan 167-o‘rinni egalladi.

 

Tadqiqotda mamlakatlarga 0 dan 100 gacha bo‘lgan shkala asosida baho berilgan. Indeksda 0 ball korrupsiyaning yuqori darajasini, 100 ball esa davlat sektorining korrupsiyadan deyarli xoli ekanini anglatadi.

 

Hisobotga ko‘ra, dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 42 ballni tashkil etgan. Mamlakatlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i ushbu darajadan past natija qayd etgan.

 

Reytingning yuqori pog‘onalaridan Daniya 89 ball bilan joy oldi. Shuningdek, Finlyandiya (88 ball), Singapur (84 ball), Yangi Zelandiya va Norvegiya (81 balldan), Shvetsiya (80 ball) eng past korrupsiya darajasiga ega davlatlar sifatida qayd etilgan.

 

Ro‘yxatning eng quyi qismida esa uzoq yillardan buyon qurolli mojarolar va siyosiy beqarorlikni boshdan kechirayotgan davlatlar joy olgan. Eng past natijani Janubiy Sudan qayd etib, 9 ball bilan 181-o‘rinni egallagan.

 

Transparency International ekspertlari sud hokimiyatining mustaqilligi yetarli darajada ta’minlanmagani va demokratik institutlarning zaifligi korrupsiyaning saqlanib qolishiga ta’sir etayotgan asosiy omillardan biri ekanini ta’kidlagan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.