O'zbekiston

O‘zbekistonga 5 oyda 5,3 milliondan ortiq xorijiy sayyoh keldi

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27,3 foizga ko‘p bo‘lib, turizm xizmatlari eksporti 2,2 milliard dollardan oshdi.

O‘zbekistonga 5 oyda 5,3 milliondan ortiq xorijiy sayyoh keldi

O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish va uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirishga qaratilgan islohotlar natijasida xorijiy sayyohlar oqimi sezilarli darajada oshdi, deya xabar bermoqda Turizm qo‘mitasi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki besh oyida mamlakatga 5 million 352 ming nafardan ortiq xorijiy turist tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 million 148 ming nafarga yoki 27,3 foizga ko‘pdir.

 

Joriy yilning may oyida esa O‘zbekistonga turizm maqsadida 1,3 milliondan ortiq sayyoh kelgan.

 

Qayd etilishicha, ushbu o‘sish viza tartib-taomillarining soddalashtirilishi, vizasiz rejim joriy etilgan davlatlar sonining ortishi hamda elektron viza tizimi imkoniyatlarining kengaytirilishi bilan bog‘liq. 

 

Shuningdek, mamlakatning madaniy-tarixiy merosi, ziyorat, ekologik, gastronomik, tibbiy va tog‘ turizmi yo‘nalishlari xalqaro maydonda faol targ‘ib qilinmoqda.

 

Hisobot davrida O‘zbekiston tomonidan 2 milliard 244 million AQSh dollari miqdorida turizm xizmatlari eksporti amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich turizm sohasining iqtisodiyotga valyuta tushumlarini jalb etish, xizmatlar sektorini rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashdagi o‘rni ortib borayotganini ko‘rsatadi.

 

Xabarga ko‘ra, sayyohlar oqimining o‘sishi O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng jadal rivojlanayotgan turistik yo‘nalishlardan biriga aylanib borayotganini tasdiqlamoqda.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.