O'zbekiston

Toshkentdagi avtobusda uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

U jamoat joyida bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, axloq va odob me’yorlariga zid harakatlarni sodir etgan.

Toshkentdagi avtobusda uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus salonida noma’lum erkak kishining jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganligini aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli choralar ko‘rilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 3-iyun kuni soat 09:45 atrofida 42-yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobus salonida 1978-yilda tug‘ilgan T.S. jamoat joyida bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, axloq va odob me’yorlariga zid harakatlarni sodir etgan.

 

Holat yuzasidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida mazkur fuqaro ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanib, ushlangan.

 

Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan fuqaro T.S.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

To‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudiga yuborilgan. Sud qaroriga ko‘ra, ushbu shaxsga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.