Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21–22-aprel kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi

Oʻzbekiston Prezidenti tashrif doirasida Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21–22-aprel kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi

 

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashining yigʻilishida ishtirok etish uchun 21-22-aprel kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi.

 

Boʻlajak tadbirlar davomida Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyoti yoʻlida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning dolzarb ekologik, iqlim va suv muammolarini hal etish masalalari muhokama qilinadi.

 

Prezidentimiz ushbu masalalar boʻyicha oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashadi, milliy pavilyonlardan iborat maxsus ekologik koʻrgazmaga tashrif buyuradi.

 

Sammitlar yakunida qator muhim hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"