O'zbekiston

Yosh oilalar uchun ipoteka foizining bir qismini davlat qoplab beradi

“Yangi O‘zbekiston yoshlari — 2030” strategiyasi doirasida yoshlar uchun ipoteka, grant, amaliyot va salomatlik bo‘yicha yangi choralar belgilanmoqda.

Yosh oilalar uchun ipoteka foizining bir qismini davlat qoplab beradi

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Yangi O‘zbekiston yoshlari — 2030” strategiyasi doirasida yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi imtiyozlar joriy etiladi.

 

Unga ko‘ra, ipoteka dasturi orqali yosh oilalarning kredit foiz xarajatlari yengillashtiriladi. Xususan, kredit stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori bo‘lgan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

 

Strategiyada yoshlar uchun boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar ham nazarda tutilgan. Jumladan, volontyorlik jamg‘armasi orqali 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi, faol yoshlar davlat idoralarida pullik amaliyotga jalb qilinadi, ilg‘or ijodkorlar uchun Prezident mukofoti ta’sis etiladi.

 

Shuningdek, kitob va Book-kafelar joylashgan “Yoshlar ko‘chalari” tashkil etiladi hamda hududlarda yoshlar infratuzilmasining minimal standartlari joriy qilinadi.

 

Strategiyada yoshlar salomatligini mustahkamlash ham muhim yo‘nalish sifatida belgilangan. Ruhiy xavf guruhidagi yoshlar ulushini 40 foizga kamaytirish, 24 soat ishlovchi psixologik aloqa markazini tashkil etish va sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar sonini 25 foizga oshirish rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, har payshanba kuni yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib boriladi.

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"