Sport

Toshkent 2027-yilgi para yengil atletika bo'yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Musobaqada 100 dan ortiq davlatdan qariyb 1 300 nafar sportchi qatnashishi kutilmoqda.

Toshkent 2027-yilgi para yengil atletika bo'yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Toshkent shahri para yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 2027-yilgi Jahon chempionatiga mezbon sifatida rasman tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, mazkur nufuzli sport anjumani O‘zbekiston tarixida ilk bor, shuningdek, butun Markaziy Osiyo mintaqasida ham birinchi marta o‘tkaziladi.

 

Jahon chempionati 2027-yil iyun oyida poytaxtdagi Olimpiya shaharchasi hududida joylashgan Olimpiya stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

Musobaqa tartib bo‘yicha para yengil atletika bo‘yicha XIII Jahon chempionati hisoblanadi. Shu bilan birga, u Osiyo qit’asida beshinchi bor tashkil etilmoqda. Avval ushbu turnirga Doha (2015), Dubay (2019), Kobe (2024) hamda Nyu Deli (2025) mezbonlik qilgan.

 

Musobaqada 100 dan ortiq davlatdan qariyb 1 300 nafar sportchi qatnashishi kutilmoqda. Dastur Paralimpiya o‘yinlari formatiga mos ravishda shakllantiriladi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Toshkent 2027-yilgi para yengil atletika bo'yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi | Zamon.uz