Siyosat

O‘zbekiston Gvineya-Bisau bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi

G‘arbiy Afrikadagi ushbu mamlakat O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 168-davlat bo‘ldi.

O‘zbekiston Gvineya-Bisau bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi

Nyu-York shahrida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Gvineya-Bisauning BMTdagi missiyasi rahbari Samba Sane diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunikeni imzoladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi

 

Ma’lum qilinishicha, tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini bildirdi.

 

Ikki tomonlama aloqalarning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.

 

G‘arbiy Afrika davlati bo‘lgan Gvineya-Bisau Respublikasi O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 168-mamlakatga aylandi.

 

Avvalroq Antaliya shahrida O‘zbekiston va Ruanda o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risida hujjat imzolangandi.

custom img

O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Efiopiyadagi ilk elchisi Ashraf Xodjayev bir vaqtda Qatar va Janubiy Afrikadagi elchi ham hisoblanadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon elchisini qabul qildi

Diplomatik missiyasini yakunlayotgan Guseyn Guliyev O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligiga qo‘shgan hissasi uchun “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “Ostona” xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi

Toshkent xalqaro moliya markazi loyihasi doirasida Qozog‘iston tajribasi o‘rganilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston rasmiylari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Ostona shahrida Qozog‘iston Prezidenti administratsiyasi rahbari Roman Sklyar va Davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva uchrashuv davomida O‘zbekiston Prezidentining samimiy salomi va ezgu tilaklarini Qozog‘iston rahbariga yetkazdi.

custom img

AQSh va Eron oʻrtasidagi kelishuv tinchlik uchun mustahkam zamin yaratadi — TIV

Oʻzbekiston AQSh va Eron oʻrtasida imzolangan oʻzaro anglashuv memorandumini mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik yoʻlidagi muhim diplomatik yutuq sifatida baholadi.

custom img

Toshkent va Masqat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultonligi iqtisodiyot vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

custom img

O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi loyihalar portfeli 7 milliard dollardan oshdi

Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"