O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi

Orolbo‘yida daraxt ekish, cho‘llanishga qarshi kurash, sho‘rlanishni kamaytirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan loyihalar ko‘rib chiqiladi.

Qoraqalpog‘istonda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi

26–30-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari” xalqaro konferensiyasi, “Orol tubiga eko-ta’lim sayohatlari” xalqaro haftaligi, “Eko-tashabbus” loyihasi va boshqa turkum tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

 

Ma’lum qilinishicha, xalqaro haftalikda xorijiy mehmonlar, Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va hududlardan Qoraqalpog‘istondagi oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan yoshlar, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent davlat agrar universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalarining ekologiya yo‘nalishidagi talaba-yoshlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi harbiy xizmatchilarning voyaga yetgan oila a’zolari, qozoq, rus, koreys, ukrain, turkman milliy madaniy markazlari vakillari ishtirok etadi.

 

Xalqaro haftalik doirasida “Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari” xalqaro konferensiyasida Orolbo‘yida daraxtzorlarni tashkil etish, sho‘rlanishni kamaytirish, cho‘llanishning oldini olish, Orolbo‘yi hududlarida istiqomat qiluvchi aholining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan loyihalar ilgari suriladi. “Daraxt ekish” aksiyasida esa “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida birgalikda daraxt va ko‘chatlar ekiladi.

 

Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda sport bilan shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan “10 ming qadam” jamoatchilik loyihasi doirasida piyoda yurish marafoni, badminton sport musobaqasi, open-air konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.  

 

Qolaversa, haftalik doirasida tarixiy obidalar, jumladan, Xo‘jayli tumanida joylashgan antik davrga oid Mizdakxon kompleksi, I. Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi hamda Orolbo‘yi hududlariga sayohatlar tashkil etiladi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"