O'zbekiston

Prezident va nomdor davlat stipendiyalariga hujjatlar qabuli boshlandi

Arizalar 15-avgustgacha qabul qilinadi, talabgorlar o‘zlashtirish va ilmiy faoliyat bo‘yicha belgilangan mezonlarga javob berishi lozim.

Prezident va nomdor davlat stipendiyalariga hujjatlar qabuli boshlandi

1-avgustdan O‘zbekistonda Respublika nomli hamda Prezident davlat stipendiyalariga nomzodlardan hujjatlar qabul qilish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

 

Vazirlik xabariga ko‘ra, hujjatlar 15-avgustga qadar my.edu.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Tanlovda oliy ta’lim muassasasining birinchi bosqich saralashidan muvaffaqiyatli o‘tgan iqtidorli bakalavriat talabalari ishtirok etishi mumkin.

 

Prezident davlat stipendiyasiga da’vogarlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari to‘liq “5” baholardan iborat bo‘lishi kerak. Respublika nomli davlat stipendiyalariga nomzodlar uchun esa “4” baholar ulushi 25 foizdan oshmasligi, “3” bahosi mavjud talabalar tanlovda qatnasha olmasligi belgilangan.

 

Nomzodlar akademik ma’lumotnoma (transkript), dekanat va kafedra tavsiyanomalari, ilmiy yoki ijodiy ish rahbarining tavsiyanomasi, ilmiy ishlari ro‘yxati va ularning nusxalari, shuningdek, O‘zbekiston tarixi hamda chet tillari bo‘yicha suhbat natijalari haqidagi ma’lumotnomalarni taqdim etishi lozim.

 

Bundan tashqari, Prezident davlat stipendiyasiga hujjat topshirayotgan bakalavriat talabalari kamida ikkita e’lon qilingan ilmiy maqola, tezis yoki boshqa ilmiy-tadqiqot ishiga ega bo‘lishi talab etiladi.

 

Hukumatning 2026-yil 6-yanvardagi qarori bilan 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Prezident va nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning yangi tartibi joriy etilgan.

 

Yangi tartibga muvofiq, talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligida axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi hamda chet tillari fanlari bo‘yicha maxsus test sinovlarini topshiradi. Keyingi bosqichga o‘tish uchun maksimal ballning kamida 55 foizini to‘plash talab etiladi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"