O'zbekiston

Rossiyada davlat bayrog‘ini tahqirlashda gumonlangan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytariladi

Migratsiya agentligi Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatidagi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Rossiyada davlat bayrog‘ini tahqirlashda gumonlangan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytariladi

Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari vaqtida O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

 

Xabarlarga ko'ra, viloyatda o‘tkazilgan reyd davomida politsiya yerda yotgan Rossiya bayrog‘i tushirilgan poyandozni ko‘rib qolgan. Mazkur holat bo‘yicha ayolga nisbatan “Rossiya davlat bayrog‘ini tahqirlash” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilayotgan edi. Holat yuzasidan Migratsiya agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Agentlik ma’lum qilishicha, mazkur holat zudlik bilan nazoratga olingan. Rossiyadagi vakolatxona hamda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiyaning tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda voqea tafsilotlariga aniqlik kiritish va O‘zbekiston fuqarolarining huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha ish olib bormoqda.

 

Shuningdek, videoda aks etgan O‘zbekiston fuqarosi M.S. bilan aloqa o‘rnatilgani bildirildi. Unga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan fuqaroning O‘zbekistonga qaytishi uchun aviachipta rasmiylashtirilgan. Uning 6-avgust kuni O‘zbekistonga qaytishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, shimoliy va tog‘li joylarda esa qor kuzatilishi mumkin.

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2026–2027 yilgi isitish mavsumi doirasida poytaxtda xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik berish bosqichma-bosqich boshlanadi.

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevni Qasim-Jomart Toqayev kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Poytaxt havosida PM zarrachalari tarqalishi ortidan havo sifati yaxshilandi.

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

U fuqaroni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga pul talab qilgan.

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Tadbirda a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va hamkor mamlakatlar maxsus xizmatlari vakillari qatnashmoqda.

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

9 oyda fuqarolardan qurilish sifati va obyektlarning kech topshirilishi yuzasidan 1 700 dan ortiq shikoyat kelib tushgan.