O'zbekiston

Toshkentda 1-avgust — Ozarbayjon Alifbosi va Ozarbayjon Tili kuni nishonlandi

Tadbir davomida Ozarbayjon alifbosining tarixiy taraqqiyot yo‘li, tilning xalq milliy o‘zligi va ma’naviy merosini asrab-avaylashdagi beqiyos o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Toshkentda 1-avgust — Ozarbayjon Alifbosi va Ozarbayjon Tili kuni nishonlandi

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida 1-avgust — Ozarbayjon Alifbosi va Ozarbayjon Tili kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

 

 

Tadbir davomida Ozarbayjon alifbosining tarixiy taraqqiyot yo‘li, ona tilining xalq milliy o‘zligi va ma’naviy merosini asrab-avaylashdagi beqiyos o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti janob Ilhom Aliyev Ozarbayjon tilini muhofaza qilish, uning sofligini ta’minlash hamda qo‘llanish imkoniyatlarini kengaytirishga doimo alohida e’tibor qaratayotgani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan davlat rahbarining: “Bugungi kunda 50 milliondan ortiq inson uchun Ozarbayjon tili ona tilidir. Sof, musaffo va adabiy Ozarbayjon tilining himoyachisi biz — mustaqil Ozarbayjon davlatimiz”, — degan so‘zlari alohida qayd etildi. Prezident Ilhom Aliyev rahbarligida Ozarbayjon tilini rivojlantirish, uning qo‘llanish doirasini kengaytirish va xalqaro miqyosda targ‘ib etish yo‘nalishida izchil hamda maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani bildirildi.

 

Ozarbayjon Madaniyat Markazida faoliyat yuritayotgan Ozarbayjon tili kurslari tinglovchilari tilning boyligi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylashdagi o‘rni hamda ona tiliga sadoqatning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Dastur doirasida 1-avgust — Ozarbayjon Alifbosi va Ozarbayjon Tili kuniga bag‘ishlangan videolavha ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.

 

Tadbir yakunida Markaz faoliyatiga yangi jalb etilgan yoshlar uchun tanishtiruv ekskursiyasi tashkil qilindi. Ishtirokchilar Markazda faoliyat yuritayotgan muzeylar va kutubxona bilan tanishib, ekspozitsiyalar, eksponatlar hamda kutubxona fondi haqida batafsil ma’lumot oldilar.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.