O'zbekiston

Yaponiyada noqonuniy yashagan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi

Rasmiylar xorijliklarni viza muddatiga qat’iy rioya qilishga chaqirib, noqonuniy yashash va ishlash jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi.

Yaponiyada noqonuniy yashagan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi

Yaponiya Immigratsiya xizmati agentligi mamlakatda noqonuniy yashab kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini O‘zbekistonga deportatsiya qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, har ikki fuqaro Yaponiyaga qisqa muddatli viza asosida kirgan, biroq viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatni tark etmagan. Shundan so‘ng ular Yaponiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ushlanib, deportatsiya qilingan.

 

Agentlikning ta’kidlashicha, noqonuniy yashash yoki ishlash holatlari aniqlangan taqdirda shaxslar hibsga olinishi, immigratsiya muassasalariga joylashtirilishi hamda deportatsiya qilinishi mumkin.

 

Shuningdek, Yaponiya hukumati qonunbuzarlik sodir etgan xorijiy fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni ularning vatani hukumatiga ham taqdim etadi. Shu sababli, bunday shaxslarga nisbatan O‘zbekistonga qaytgach ham amaldagi qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘rilishi mumkinligi qayd etildi.

 

Rasmiylar fuqarolarni "Yaponiyada ishlash mumkin" kabi asossiz va noqonuniy takliflarga ishonmaslikka chaqirdi. Bundan tashqari, Yaponiya Immigratsiya xizmati qochqin maqomini olish uchun ariza berish orqali mamlakatda uzoq muddat qolish yoki ishlash mumkinligi haqidagi da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi. 

 

Qayd etilishicha, bunday maqsadlarda berilgan arizalar rad etilishi, ariza beruvchi esa immigratsiya muassasasiga joylashtirilishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin.

 

Agentlik, shuningdek, soxta ma’lumotlar taqdim etish yoki noqonuniy usullar bilan qochqin maqomini olishga urinish jiddiy huquqiy javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantirdi.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"