O'zbekiston

Qamchiq dovonida Isuzu va Epica to‘liq yonib ketdi

Epica haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga urilgan.

Qamchiq dovonida Isuzu va Epica to‘liq yonib ketdi

Qamchiq dovonida yuk avtomobili va yengil avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikkala transport vositasi to‘liq yonib ketdi. Bu haqda YHXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, voqea 2-avgust kuni soat 08:20 atrofida A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududidan o‘tuvchi 168-kilometrida sodir bo‘lgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent–vodiy yo‘nalishida harakatlanayotgan Isuzu rusumli yuk avtomobilida texnik nosozlik yuzaga kelgan. Shu sababli haydovchi transport vositasini yo‘l chetiga to‘xtatgan.

 

Oradan ko‘p o‘tmay, shu yo‘nalishda harakatlanayotgan Epica rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan yuk avtomobilining orqa qismiga kelib urilgan.

 

To‘qnashuv oqibatida yong‘in kelib chiqib, har ikki avtomobil to‘liq yonib ketgan. Hodisada Epica avtomobili haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan. Ularga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Yo‘l-patrul xizmati xodimlari jalb etilib, harakat xavfsizligi ta’minlandi. Ayni paytda transport vositalarini qatnov qismidan olib tashlash ishlari olib borilmoqda.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"