Jahon

Indoneziyada 250 kishi bo‘lgan yo‘lovchi paromi yonib ketdi

Hodisa oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lgan, 41 kishi bedarak yo‘qolgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Indoneziyada 250 kishi bo‘lgan yo‘lovchi paromi yonib ketdi

Indoneziyada bortida kamida 250 kishi bo‘lgan yo‘lovchi paromida yong‘in chiqishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, yana 41 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda mamlakat Milliy qidiruv va qutqaruv agentligiga (Basarnas) tayanib, BBC xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, KMP Mutiara Sentosa 2 paromi Sharqiy Yava provinsiyasidagi Surabaya shahridan Janubiy Sulavesidagi Makassar shahriga yo‘l olgan paytda Madura oroli yaqinida yonib ketgan. Parom kapitani yong‘in haqida favqulodda xizmatlarga dengizda bo‘lgan vaqtida xabar bergan.

 

Basarnasning bildirishicha, yong‘in mahalliy vaqt bilan taxminan soat 06:00–07:00 oralig‘ida boshlangan. Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borguniga qadar kema deyarli to‘liq alanga ichida qolgan. Yo‘lovchilar esa qutqaruvni kutib, kemaning boshqaruv qismi va old qismida jon saqlab turgan.

 

Mahalliy OAV tarqatgan videolarda paromning yuqori qismidan quyuq tutun va alanga ko‘tarilayotgani, ayrim yo‘lovchilar esa qutulish maqsadida o‘zini dengizga tashlagani aks etgan. Qutqaruv jiletlarini kiygan odamlarga qutqaruv halqalari uloqtirilgan va ular qutqaruv kemalariga olib chiqilgan.

 

Hozircha yong‘inning kelib chiqish sababi rasman ma’lum qilinmagan.

 

Rasmiylarning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, 41 kishi bedarak yo‘qolgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.